2021-yilning 15-25 yanvar kunlari respublikamizning barcha hududlarida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi mazmun-mohiyatiga bag`ishlangan targ`ibot tadbirlari o`tkazilishi rejalashtirilgani haqida xabar berilgan edi. Shu munosabat bilan 12-yanvar kuni Navoiy davlat konchilik instituti va Navoiy davlat pedagogika institutlarining professor-o`qituvchilari (ishchi guruh a’zolari) bilan ushbu tadbirni yuqori saviyada tashkillashtirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi belgilandi. Navoiy viloyatining 307 ta mahallasida 10 kunlik targ`ibot-tashviqot tadbirlarini o`tkazish va birinchi galdagi vazifalar belgilab olindi. Jumladan, viloyatimizning Uchquduq, Tomdi, Zarafshon, Konimex hamda Navoiy shahridagi mahallalar – NavDKIga biriktirildi. Karmana, Navbaxor, Nurota, Qiziltepa, Xatirchi tumanlardagi mahallalar – NavDPIga biriktirildi.