2021-yil 12-yanvar kuni institutning kichik majlislar zalida prorektorlar, bo`lim boshliqlari, dekanlar va dekan muovinlari bilan yig`ilish o`tkazildi. Dastlab, rektorimiz B.Sobirov «Yil oliygohi – 2020» tanlovi bo`yicha barcha faol ishtirok etgan, institut ravnaqi, muvaffaqiyati uchun o`z hissasini qo`shgan barchani samimiy tabrikladi.
Shuningdek, professor-o`qituvchilarga dars muqqadas ekanligi, talabalarga bilim berishda zamonaviy ta’lim bilan birga, har bir ishda kreativ yondashish kerakli ta’kidlandi. 2021-yil – «Yoshlarni qo`llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» deb nomlangani, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yoshlarga katta e’tibor qaratilayotgani qayd etildi. Dekan muovinlariga institut odob-ahloq qoidalarini yana bir bor talabalarga yetkazish kerakligi tushuntirildi.