2021-yilning 15-25 yanvar kunlari respublikamizning barcha hududlarida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi mazmun-mohiyatiga bag`ishlangan targ`ibot tadbirlari o`tkazilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan 11-12 yanvar kunlari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasida 2 kunlik o`quv-mashg`ulot tashkil etildi.
Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari rahbar-xodimlari va professor-o`qituvchilaridan iborat Respublika targ`ibot guruhi a’zolari viloyatlardagi OTMlari rahbar-xodimlari va professor-o`qituvchilaridan iborat mahalliy targ`ibot guruhiga biriktirildi.