Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, sog`lom turmush tarzini shakllantirish, ularning sport bilan muntazam shug`ullanishlari uchun shart-sharoit yaratish maqsadida ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni keng targ`ib qilish, institutda jamoaviy sport turlarini yanada ommalashtirish masalalariga alohida urg`u berish maqsadida joriy yilning noyabr-dekabr oylari futbol hamda voleybol bo`yicha institut professor-o`qituvchilari va ishchi-xodimlari o`rtasida “Rektor kubogi” sport musobaqalari tashkil etildi.
Mazkur musobaqalarda 8 ta fakultet va rektorat jamolari o`rtasida sportning voleybol turi bo`yicha ayollar o`rtasida musobaqa o`tkazildi. Maqsad professor-o`qituchilar, ishchi-xodimlar o`zaro hamjihatlik va sog`lom turmush tarziga qaytarish edi.
Sport musobaqasi yakunida quyidagi natijalar qayd etildi:
1-o`rin – «Tabiy fanlar» fakulteti jamoasi «Rektor kubogi»ni qo`lga kiritdi.
2-o`rin – «O`zbek tili va adabiyoti» jamoasi;
3-o`rin – «Chet tillar» fakulteti jamoasi hamda «Jismoniy madaniyat» fakulteti sportchilari;
1 – 2 – 3 o`rin olgan jamoalarga institut rahbariyati tomonidan kompyuter jamlanmasi, printer (3×1), televizor va ko`plab qimmat baho sovg`alar topshirildi.
Shuningdek, jamoalarning eng faol ishtirokchilariga turli nominatsiyalari bo`yicha faxriy yorliqlar va esdalik sovg`alari topshirildi.