loader image
All for Joomla All for Webmasters
uz| Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
uz| Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

Rektor kubogi musobaqalar g‘oliblari taqdirlandi

    

Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, sog`lom turmush tarzini shakllantirish, ularning sport bilan muntazam shug`ullanishlari uchun shart-sharoit yaratish maqsadida ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni keng targ`ib qilish, institutda jamoaviy sport turlarini yanada ommalashtirish masalalariga alohida urg`u berish maqsadida joriy yilning noyabr-dekabr oylari futbol hamda voleybol bo`yicha institut professor-o`qituvchilari va ishchi-xodimlari o`rtasida “Rektor kubogi” sport musobaqalari tashkil etildi.

Mazkur musobaqalarda 8 ta fakultet va rektorat jamolari o`rtasida sportning futbol turi bo`yicha musobaqa o`tkazildi. Maqsad professor-o`qituchilar, ishchi-xodimlar  o`zaro hamjihatlik  va sog`lom turmush tarziga qaytarish edi. Musobaqa shiddatli tarzda boshlanib, yakuniy natijalar quyidagicha bo`ldi.

Sport musobaqasi yakunida quyidagi natijalar qayd etildi:

1-o`rin – «Fizika-matematika» fakulteti jamoasi «Rektor kubogi»ni qo`lga kiritdi.

2-o`rin – «Tabiy fanlar» fakulteti jamoasi;

3-o`rin – «Rektorat» jamoasi hamda «Jismoniy madaniyat» fakulteti;

Shuningdek, jamoalarning eng faol ishtirokchilariga “Eng yaxshi darvozabon”, “Eng yaxshi xujumchi” va “Eng yaxshi himoyachi” nominatsiyalari bo`yicha faxriy yorliqlar, esdalik sovg`alari topshirildi.