loader image
All for Joomla All for Webmasters
uz| Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
uz| Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

Qatag`on qurbonlari merosini chuqur o`rganish va ularni nomma-nom aniqlash borasida uchrashuv o`tkazildi.

 Barchamizga ma’lumki, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktyabrdagi “Qatag`on qurbonlarining merosini yanada chuqur o`rganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PF-5598 – sonli farmoyishi yuzasidan respublika ishchi guruhi tashkil qilingan. Ana shu farmoyishdan kelib chiqib, Navoiy viloyat hokimligining bayoni, chora-tadbirlar rejasi chiqarilgan bo`lib, viloyat miqyosida ishchi guruh hamda ilmiy ishchi guruh faoliyat olib bormoqda.

 

 2020-yilning 15-dekabr kuni Qatag`on qurbonlarini aniqlash, ularning hayoti va faoliyati haqidagi ma’lumotlarni o`rganish ishlarini tashkil etish bo`yicha Respublika ishchi guruhi a’zosi, Navoiy viloyatiga biriktirilgan vakil, O`zbekiston Respublikasi “Uzarxiv” agentligi direktori Yusupov Ulug`bek Mirtolipovich Navoiy viloyatida bo`lib, Viloyat ishchi guruhi a’zolari hamda ilmiy-ishchi guruh xodimlari bilan uchrashuv tashkil qilinib, farmoyish yuzasidan viloyatda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Viloyat hokimining o`rinbosari, ishchi guruh rahbari Ya.Dushanov, shuningdek, ishchi guruh a’zolari – Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig`i, Viloyat hokimi maslahatchisi, Adliya boshqarmasi boshlig`i, Mudofaa ishlari va Favqulodda vaziyatlar boshqarma boshliqlari, Madaniyat boshqarmasi, NDPI va NDKI rektorlari, Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi va boshqa mutasaddi tashkilot rahbarlari ishchi guruh tarkibida kiritilgan.

  Dastlab, Navoiy davlat pedagogika instituti tuzilmasidagi “Qatag`on qurbonlari xotirasi” muzeyi direktori X.Qurbonov rahbarligida muzey faoliyati hamda muzey ekspozitsiyalari, unda aks etgan xotiralar va ashyolar bilan tanishtirildi. O`zekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 noyabrdagi 936-son qarori bilan Navoiy viloyatida Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti binosi 1-qavatida umumiy maydoni 400 kv.metr bo`lgan 9 ta tematik bo`limdan iborat Qatag`on qurbonlari xotirasi muzeyi tashkil qilingan.

 Ushbu muzey Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Qatag`on qurbonari xotirasi muzeyi” tomonidan taqdim qilingan Namunaviy tematik reja asosida tashkil qilingan bo`lib, Qatag`onlik yillarida Navoiy viloyati hududlarida, xususan Karmana, Xatirchi, Konimex, Nurota, Qiziltepa tuman arxivlari fondlarda ma’lumotlar mavjud.

Hozirda muzey fondida qatag`onlar jarayonlariga oid:

  • Kitoblar – 40 dan ortiq
  • Arxiv hujjatlar nusxalari – 300 betdan ortiq
  • O`sha davrga oid arab imlosidagi kitoblar – 8 ta
  • Qatag`on bo`lgan yurtdoshlar haqida ma’lumot va suratlar – 50 dan ortiq
  • O`sha davrlarga oid osori-atiqalar (uy-ro`zg`or buyumlari, kiyimlar) – 80 dan ortiq
  • Sovetlar davridagi tanga va pullar – 50 dan ortiq
  • Navoiy viloyatining qadimgi davriga oid ashyolar – 10 dan ortiq
  • Kartina va suratlar – 10 dan ortiq
  • Sovetlar hukmronligi yillariga oid rasmiy matbuot – 50 sahifaga yaqin
  • Chor Rossiyasi va sovetlar hukmronligi yillariga oid suratlar (uylar, aholi turmushi, surgun jarayonlari, qatag`onlar, tabiat va boshqa ) – 10 dan ortiq
  • Mustaqillik davriga oid suratlar – 50 dan ortiq
  • Qatag`onlik davriga oid videoroliklar – 10 ga yaqin

U.Yusupovga ilmiy-ishchi guruh a’zolari tomonidan 2020 yilning 10 oktyabrdan hozirga qadar Navoiy viloyatidan 1937-1938 yillarda qatag`on qilingan quyidagi miqdorda yurtdoshlar aniqlanligi ta’kidlandi:

  • Karmana tumanidan – 77 nafar , Qiziltepa tumanidan – 68 nafar
  • Konimex tuanidan – 20 nafar, Nurota tumanidan – 20 nafar
  • Xatirchi tumanidan – 34 nafar,

Jami: 219 nafar qatag`on qilingan Navoiyliklar aniqlandi va ushbu jarayon davom etmoqda.

Hozirda, ilmiy-ishchi guruh a’zolari  ikkinchi bosqichda, ya’ni 1931-1936 yillar bo`yicha ishlamoqda.

Ishchi guruh bevosita O`zarxiv agentligi, uning navoiy viloyati boshqarmasi hamda tuman davlat arxivlari bilan hamkorlikda faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, ishchi guruh oila va mahallani qo`llab-quvvatlash boshqarmasi bilan uzviy hamkorlikda bevosita hududlarga chiqib, aholi xonadonlarida bo`lib, qatag`on bo`lgan yurtdoshlarimizni avlodlari bilan ham uchrashib, faoliyat qilishmoqda.

 Buning uchun hokimlik tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilgan va Viloyat hokimi Q.Beknazarovichning shaxsan nazoratida turibdi. Navoiy davlat pedagogika institut rektori B.Sobirovning topshirig`i va tashabbusi bilan ushbu ishchi guruhga qo`shimcha yana 8 nafar o`qituvchi biriktirildi. Bugungi kunga qadar 1937-1938 yillar “Qatag`on qurbonlari” haqidagi kitobni yakunlab, respublika ishchi guruhiga topshirilgan. Xozirda 1931-1936 yillar ustida ishlanmoqda.Xatirchi, Nurota, Karmana, Qiziltepa, Konimex tuman davlat arxivlaridagi hujjatlar o`rganilmoqda.

  • Shu kunga qadar Xatirchi tumanidan – 300 dan ortiq quloq xo`jaliklar aniqlandi. O`rganish davom etmoqda (taxminimiz 800 ga yaqin)
  • Nurota tumanidan – 300 dan ortiq quloq xo`jaliklari aniqlandi. (jumladan, bu davrga oid 15 ta yig`ma jild tahlil qilinmoqda.).
  • Karmana tumanidan – 300 dan ortiq taxmin qilinmoqda (18 ta jild o`rganilmoqda, 150 tasi ro`yxatga olindi).
  • Qiziltepa va Konimex arxivlaridan ma’lumotlar olinmoqda.

Umuman 1930-1936 yillarda Navoiy viloyatidagi tumanlarda 1500 dan ortiq quloq xo`jaliklarini aniqlash taxmin qilinmoqda.

Prezident Farmoyishi yuzasidan ilmiy-ishchi guruh tomonidan viloyat miqyosida “Inson-aziz_xotira-muqaddas” telegram bot kanali ishga tushirildi. Hozirda 390 nafardan yurtdoshimiz a’zo bo`lib, qatag`onlik siyosatiga oid ma’lumotlarni yo`llamoqdalar. Oktyabr-noyabr oylari davomida Navoiy davlat pedagogika instituti tuzilmasidagi Qatag`on qurbonlari xotirasi muzeyida turli tashkilotlar bilan hamkorlikda “Buyuk ajdodlarimizning mangu jasorati oldida bosh egamiz”, «Inson-aziz, xotira muqaddas”, “Xotira muqaddas” kabi mavzularda ma’rifiy-ekspozitsion tadbirlar tashkil qilindi.

Aynan Farmoyish ijrosi yuzasidan 4 ta ko`rsatuv suratga olindi (16 daqiqalik) va “O`zbekiston-24” telekanali orqali namoyish etildi.Aminmizki, Prezidentimizning ushbu farmoyishlari ham Navoiy viloyatida namunadagidek ijro qilinadi va kelgusi yil 31 avgust “Shahidlar xotirasi” xiyobonidagi “Ramziy kitobda” navoiylik ajdodlarimiz ham munosib o`rin olishadi.

 

NavDPI matbuot xizmati