Vatanimiz istiqloli, xalqimizning ozodligi va erkinligi yo`lida mardona kurash olib borib aziz jonlarini fido qilgan, mustabid tuzum davrida qatag`on qilingan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning faoliyati va merosini o`rganish hamda targ`ib etish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
2020-yilning 15-dekabr kuni Qatag`on qurbonlarini aniqlash, ularning hayoti va faoliyati haqidagi ma’lumotlarni o`rganish ishlarini tashkil etish bo`yicha Respublika ishchi guruhi a’zosi, Navoiy viloyatiga biriktirilgan vakil, O`zbekiston Respublikasi “Uzarxiv” agentligi direktori Yusupov Ulug`bek Mirtolipovich Navoiy viloyatida bo`lib, Viloyat ishchi guruhi a’zolari hamda ilmiy-ishchi guruh xodimlari bilan uchrashuv tashkil qilib, farmoyish yuzasidan viloyatda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
“Qatag`on qurbonlari xotirasi” muzeyi direktori X.Qurbonov rahbarligida institutda tashkil qilingan ilmiy-ishchi guruh faoliyatiga ijobiy baho berish bilan bir qatorda, tashkil qilingan muzey faoliyati ham alohida e’tirof etildi.