2020-yil 11-dekabr kuni Navoiy davlat pedagogika instituti rektori B.Sobirov “Jismoniy madaniyat” fakulteti professor-o`qituvchilari bilan yig`ilish o`tkazdi. Muhtaram Prezidentimizning PF-6099-sonli farmoni ijrosini ta’minlash, ya’ni, “Sog`lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish” doirasida berilgan topshiriqlar ijrosi bo`yicha tahlil qilindi.
Professor-o`qituvchilar, ishchi-xodimlar hamda talabalar o`rtasida sport musobaqalarini tashkil qilish, talabalarga tanaffus vaqtida 10 daqiqalik nafas olish mashqlarini joriy etish, fakultet va institut yotoqxonalarda ertalabki badantarbiya mashqlarini tizimli yo`lga ko`yish kerakligi ta’kidlandi.
Jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazzam shug`ullanish hamda sog`lom turmush tarzi bo`yicha hayotiy ko`nikmalarni shakllantirish orqali har bir fuqaroda kasallikka qarshi kuchli immun tizimi paydo bo`lishini ta’minlash, zararli odatlardan voz kechish, to`g`ri ovqatlanish tamoyillariga amal qilish, tiklash va reabilitatsiya ishlari hamda ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali tashkil qilish to`g`risida vazifalar belgilandi.