2020-yil 7-dekabr kuni institutning Magistratura bo`limining magistrlari tomonidan “Yangi O`zbekiston taraqqiyotidagi islohotlarda konstitutsiyaning o`rni va ahamiyati” mavzusida tadbir o`tkazildi. Tadbirda professor- o`qituvchilar hamda talaba yoshlar ishtirok etdi.
Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning erkin fikrlash qobiliyati va huquqiy madaniyatini o`stirish, shuningdek, iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni rag`batlantirish maqsadida tashkil etilgan bugungi tadbir ham shular jumlasidandir.
Tadbirda turli xil badiy chiqishlar, talabalar ijrosidagi vatanni madh etuvchi kuy va qo`shiqlar yig`ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Albatta, bu kabi tadbirlar yurtimizda inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlanishi hamda milliy istiqlol g`oyalarini talaba yoshlar ongiga singdirish orqali ularning siyosiy va huquqiy bilimlarini oshirishga hizmat qiladi.