loader image
All for Joomla All for Webmasters
uz| Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
uz| Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

Navoiy davlat pedagogika institutida “Xotin-qizlar tazyiq va zo`ravonlikdan himoya qilishning dolzarb masalalari” mavzusida tadbir o`tkazildi.

   2020-yil 27-noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi Navoiy davlat pedagogika instituti va viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida “Xotin-Qizlar tazyiq va zo`ravonlikdan himoya qilishning dolzarb masalalari” mavzusida tadbir o`tkazildi. Tadbirdan ko`zlangan maqsad: Globallashuv jarayonlari sababli butun dunyoda ijtimoiy munosabatlarda turli qiyinchiliklar bilan rivojlanish ro`y berayotgan bir paytda, O`zbekiston ayollarining haq-huquqlarini ta’minlash, ularning ijtimoiy-madaniy-iqtisodiy hayotdagi rolini yanada kuchaytirishdan iborat.

Yurtimizda ayollarning roli oshayotganligini barcha sohalarda ko`rishimiz mumkin. Shu qatorda institut professor-o`qituvchi ayollari ham respublika miqyosidagi fan, ilmiy tadqiqot, sport, tadbirkorlik, ijod va san’at sohalaridagi turli ko`rik tanlovlarda faol qatnashib faxrli o`rinlarni egallab kelmoqdalar. Jumladan, “O`zbek tilini o`qitishning eng yaxshi metodikasi” ilmiy-ijodiy ishlar respublika ko`rik tanlovi g`olibasi Boshlang`ich ta’lim kafedras mudiri, f.f.d.M.Ernazarova 3-o`rinni qo`lga kiritdi.  Bu kabi yutuqlarimiz bir qanchani tashkil etadi.

Navoiy davlat pedagogika institutida bugungi kunda 3 nafar ayol kishi bo`lim boshlig`i, 8 ta fakultet Chet tillar fakultetining dekani ayol kishi rahbarlik faoliyatini olib bormoqda, 24 ta kafedra mudiridan 11 nafari (45%) ayol kishi faoliyat ko`rsatmoqda.

 497 nafar professor-o`qituvchi asosiy shtatda faoliyat ko`rsatayotgan bo`lsa, shundan 274 nafari ayol kishi. Hozirda institutda faoliyat yuritayotgan ayollardan 6 nafari fan doktori, 51 nafari fan nomzodi, 70 nafari katta o`qituvchi, qolgan 147 nafari o`qituvchilik faoliyatlarini olib bormoqda.  Shuningdek, institutda bakalavriat yo`nalishining kundizgi bo`limida jami 9145 nafar talabalar tahsil olayotgan bo`lib, shundan 6894 nafari (75%) qizlar tahsil olmoqda.