loader image
All for Joomla All for Webmasters
uz| Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
uz| Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

Navoiy davlat pedagogika institutida «Ilm-fan va texnikaning rivojlanishida innovatsion yondashuvlar» mavzusida konferensiya o`tkazildi.

  Navoiy davlat pedagogika institutida bugun, 20 noyabr kuni «International Journal of Advanced Technology and Natural Science» xalqaro jurnal tahririyati hamda «Faol yoshlar va ilmiy izlanuvchilar» jamoatchilik kengashi bilan hamkorlikda «Ilm-fan va texnikaning rivojlanishida innovatsion yondashuvlar» mavzusida Vazirlik miqyosida onlayn konferensiya o`tkazildi.

Ushbu konferensiya ishida respublikamizning 25 ta Oliy ta’lim muassasalaridan 200 dan ziyod professor-o`qituvchilar, yosh olimlar, ilmiy izlanuvchilar, iqtidorli talaba- yoshlar ilmiy maqolalari bilan ishtirok etishdi.

Respublikamizda so`ngi yillarda ilm-fanni rivojlantirishga bo`lgan e’tibor davlat siyosati darajasida ko`tarilib, bu borada tizimli ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, ta’limni rivojlantirish uchun innovatsiyalari tadbiq etish juda muhim ahamiyat kasb etadi .

Mamlakatimizning taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o`rin olishi uchun nafaqat fan-ta’lim sohasida, balki barcha sohalarda innovatsion yondashuvchanlik muhim ahamiyat kasb etishi konferensiyada ta’kidlab o`tildi. Shuningdek, ilm-fan va texnikaning jadal rivojlanishi, yangi texnika va texnologiyalar jamiyatning barcha qatlamlariga kirib borishi, axborot texnologiyalarining barcha davlat va nodavlat muassasalarida tatbiq qilinishi o`qituvchilardan uzluksiz bilim olishni talab qilishi haqida ham atroflicha fikr yuritildi.

Xulosa o`rnida shuni ta’kidlash joizki, bugungi kun innovatsion texnologiyalarini ilm-fan va ta’lim sohasida muvaffaqiyatli qo`llanilsa, yosh avlod ana shu jahon tajribasi asosida saboq olib ulg`aysa, davlatimizning ertangi istiqboli, kelajagi porloq bo`lishiga va yurtimizda muhtaram Prezidentimiz boshchiligida olib borilayotgan islohotlarning ro`yobga chiqishiga shak-shubha yo`q.

Navoiy davlat pedagogika instituti Matbuot xizmati.