loader image
All for Joomla All for Webmasters
uz| Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
uz| Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

“Davlat bayrog`i-faxrim, g`ururim!” mavzusida ilmiy-amaliy tadbir tashkil etildi.

    

  2020-yil 18-noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi davlat bayrog`i qabul qilinganligining 29 yilligini nishonlash maqsadida Navoiy viloyati yuridik texnikumi, Navoiy davlat pedagogika instituti hamda viloyat adliya boshqarmasi matbuot bo`limihamkorligida “Davlat bayrog`i-faxrim, g`ururim!” mavzusida ilmiy-amaliy tadbir tashkil etildi.

 Tadbirda Tarix fakulteti katta o`qituvchilari U.Utamuradov, D.Murtazayev, Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti dekani o`rinbosari I.Quljonov, viloyat adliya boshqarmasi yetakchi maslahatchisi D.Kattayeva ma’ruzachi-moderator sifatida hamda  tarix fakulteti va yuridik texnikumining 40 dan ortiq talabalari eshituvchi sifatida ishtirok etishdi.

 Tadbirda nutq so`zlaganlar vatanimiz bayrog`ining yaralish tarixi, jahon siyosiy, madaniy va sport tadbirlarida bayrog`imizning ko`rinishi va tanilish bosqichlari hamda “Davlat bayrog`i to`g`risida”gi qonunning mazmun-mohiyatini ochib berishdi. “Qatag`on qurbonlari xotirasi muzeyi”ga tashrif buyurgan talabalar uchun muzeyning boy va qadimiy eksponatlarini o`rganish yuzasidan ilmiy-madaniy dastur ham tashkil etildi.  Yangi fikr, savol-javoblarga boy bo`lgan bu kabi ilmiy-amaliy seminarlarni kelajakda ko`paytirish yuzasidan kelishib olindi.