loader image
All for Joomla All for Webmasters
uz| Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
uz| Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

Navoiy davlat pedagogika institutida 13192 nafar talaba tahsil olmoqda.

  Navoiy davlat pedagogika institutida ham o`qish jarayonlari boshlandi. Karantin talablariga rioya qilingan holda dars soatlari qisqartirilgan 3 smenada, 2 paradan o`tkazilishi belgilangan. Har bir para 60 daqiqadan iborat bo`lib, tanaffusga 10 daqiqa vaqt belgilangan.  Institut rahbariyati tomonidan talabalar bilan muloqot qilinib,  an’anaviy  dars jarayonlari olib borilishi bo`yicha tushuntirildi.

Ma’lumot uchun, 2020-2021 o`quv yilida Navoiy davlat pedagogika institutining 8 ta fakultet, 24 ta kafedrasida jami 13192 nafar talabalar tahsil olmoqda. Shundan kunduzgi bo`limga 27 ta  bakalavriat ta’lim yo`nalishlarida  9145 nafardir.

Kechki bo`lim 8 ta ta’lim yo`nalishida 299 nafar, sirtqi bo`limda 14 ta ta’lim yo`nalishida 2655 nafar, maxsus sirtqi bo`limda esa 526 nafar, ikkinchi mutaxassislikda 320 nafar talaba ta’lim olmoqda. Bundan tashqari, 17 ta magistratura mutaxassisliklarida 247 nafar  talabalar tahsil olishmoqda.