Navoiy davlat pedagogika instituti o`quv ishlari bo`yicha prorektor D.Ro`ziyev dars jarayonlarini tashkil etilishi, talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishish hamda fakultet binolari sanitariya talablariga to`liq rioya qilinganini nazorat qilish maqsadida “Chet tillar fakulteti”, “Maktabgacha va boshlang`ich ta’lim fakulteti”, hamda “Jismoniy madaniyat fakulteti”ga tashrif buyurdi.
Sanitariya-epidemiologiya qoidalariga amal qilingan holda, ya’ni oraliq masofa 2 metr olinib, himoya niqoblari taqilganligi, antiseptik va harorat o`lchaydigan teplovizor vositasi yordamida tekshirilishi – karantin qoidalariga mos ravishda tashkil qilingan. Talabalarga karantin vaqtida nima bilan bant bo`lganlari, masofaviy hamda institutning rasmiy saytiga kirib dars jarayonlarini qay darajada o`zlashtirganliklari to`g`rsida savollar berildi.
Shuningdek, “Yangi O`zbekiston – yangicha dunyoqarash” g`oyasi ostida o`tkazilayotgan targ`ibot tadbirlarini asl mohiyatini anglash, ona Vatanga, o`qishga fidoiylik bilan xizmat qilish kerakligi ta’kidlandi.