Navoiy davlat pedagogika instituti o`quv ishlari bo`yicha prorektor D.Ro`ziyev dars jarayonlarini tashkil etilishi, talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishish hamda fakultet binolari sanitariya talablariga to`liq rioya qilinganini nazorat qilish maqsadida «Fizika – matematika fakulteti»ga tashrif buyurdi. Sanitariya-epidemiologiya qoidalariga amal qilingan holda, ya’ni oraliq masofa 2 metr olinib, tana haroratlari o`lchangan, ko`llariga antiseptik vositasi sepilib dezinfeksiya qilinib auditoriyalarga kiritildi.
Dars soatlari qisqartirilgan holda 3 smenada, 2 paradan o`tkazilishi belgilangan. Har bir para 60 daqiqadan iborat bo`lib, tanaffusga 10 daqiqa vaqt belgilangan.Institut rahbariyati tomonidan talabalar bilan muloqot qilinib, an’anaviy dars jarayonlari olib borilishi bo`yicha tushuntirildi.
Shuningdek, «Yangi O`zbekiston – yangicha dunyoqarash» g`oyasi ostida o`tkazilayotgan targ`ibot tadbirlarini mazmun – mohiyatini anglash, yurtga sadoqat bilan xizmat qilish kerakligigi ta’kidlandi.