loader image
All for Joomla All for Webmasters
uz| Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
uz| Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

Navoiyda yosh kadrlar davlat fuqarolik xizmatiga maqsadli ravishda tayyorlab borilmoqda.

   2020-yil 16-noyabr kuni Navoiy viloyat xalq ta’limi boshqarmasi majlislar zalida Navoiy davlat pedagogika instituti Magistratura bo’limi Ta’lim muassasalarini boshqarish hamda Ta’limda axborot texnologiyalari mutaxassisligi 1-2 bosqich magistrantlari bilan Davlat fuqarolik xizmati faoliyati bilan bevosita tanishishga yo`naltirilgan «Open public service» («Ochiq davlat xizmati») tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbirni Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig’i – M.Shamuratov ochib berdi. So’ngra O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Navoiy viloyat filiali bosh inspektori – A.Latipov, Navoiy viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari – D.Qodirov, Navoiy viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari – A.Shakarovlar o’z ma’ruzalari bilan o`rtoqlashdilar. Bundan tashqari, boshqarma faoliyati bilan tanishtirildi, ochiq muloqot asosida magistrantlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.