“Yangi O`zbekiston – yangicha dunyoqarash” g`oyasi ostida ma’naviy-ma’rifiy targ`ibot tadbirlari davomida tadbirlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish bo`yicha ishchi guruh rahbari o`rinbosari, ya’ni Navoiy davlat pedagogika instituti rektori B.Sobirov hamda mutasaddilar Navoiy viloyati Navoiy shahar “Zarafshon» MFYda aholi va yoshlar o`rtasida shukronalik hissini uyg`otish, Vatanga, ota-ona, yaqinlariga nisbatan mehr-oqibat tuyg`ularini yuksaltirish maqsadida “Yangi O`zbekiston – yangicha dunyoqarash” targ`ibot tadbiri o`tkazish bo`yicha tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi. Ushbu tadbir Navoiy davlat pedagogika instituti akademik litseyi faollar zalida namunali tashkil qilindi.