2020-yilning 16-noyabrdan boshlab Navoiy davlat pedagogika institutida ham an’anaviy darslar boshlandi. Dars jarayonlari kurslar kesimida 3 ta smenaga bo`lingan holda boshlandi. Talabalar uchun sanitariya-epidemiologiya talablari asosida barcha qulay sharoitlar yaratib berildi.Ayniqsa, Axborot resurs markazi hamda talabalar turar joylari ham o`z faoliyatini boshladi.
O`qishga kelgan talabalarni institut rektori B.Sobirov, prorektorlar hamda fakultet dekanlari kutaringki ishtiyoq bilan kutib olishdi va tabriklashdi.Talabalar har qachongidan-da xursandchilik va ilmga ishtiyoq bilan auditoriyalarda mashg`ulotlarni davom ettirishmoqda.