loader image
All for Joomla All for Webmasters
uz| Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
uz| Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

Rektor va magistrlar uchrashuvi

 2020-2021 o`quv yilida Navoiy davlat pedagogika instituti Magistratura bosqichining I kursiga  tavsiya etilgan va qabul qilingan talabalar bilan 2020-yil  16-oktyabr kuni “Rektor va magistrlar uchrashuvi” tadbiri bo`lib o`tdi.Tadbirda institut rektori, professor B.B.Sobirov bu yilgi qabul qilingan magistrlarni chin dildan tabriklab, ularga katta ishonch bildirib, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda yuksak motivatsiya berib o`tdi. Har doim va har qanday vaziyatda ham talabani eshitishi, qo`llab-quvvatlashi, kelajakda eng iqtidorli, yetuk mutaxassislarni OTM da ish bilan ta’minlashi borasida bildirilgan fikrlari bo`lajak magistrlarda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, tadbirda prorektorlardan dots.S.O.Hujjiyev, dots.X.R.Qurbonov, X.X.Tursunov va o`quv-uslubiy boshqarma boshliqlari M.S.Shamsiyev va N.A.Xolmirzayevlar ham magistrlarni qutlab, ularning boshlanayotgan faoliyatlariga yo`l -yo`riqlar va maslahatlar berib o`tdilar.O`zbekiston Respublikasi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti hamda Nomdor stipendiya  sohib va sohibalari institut rektori tomonidan ota-onalariga tashakkurnomalar tantanali tarzda taqdim etildi. Bu uchrashuvda qabul qilingan iqtidorli talabalar ham qabulning adolatli va shaffof o`tganligini e’tirof etib, institut rahbariyatiga o`z minnatdorchiliklarini bildirdilar.