loader image
All for Joomla All for Webmasters
uz| Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
uz| Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

Ikkita oliy ta`lim o`rtasida memorandum imzolandi

  Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti respublikada uzluksiz ta’lim tizimi uchun yuqori malakali pedagogik kadrlarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, tegishli pedagogik yo`nalishlar va mutaxassisliklar bo`yicha davlat ta’lim standartlarini, o`quv rejalari va dasturlarini, ilmiy-metodik adabiyotlarni ishlab chiqish, rivojlangan xorijiy ta’lim muassasalarining tajribasini va mamlakat ta’lim muassasalarining ehtiyojini hisobga olgan holda ilg`or pedagogik texnologiyalarini sinovdan o`tkazish va joriy qilishda Respublikada yagona oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Navoiy davlat pedagogika instituti ham 1983 yilda Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutining Navoiy filiali sifatida tashkil etilgan. 1992-yildan boshlab mustaqil oliy ta’lim muassasasi sifatida faoliyatini davom etdirmoqda. Hozirgi kunda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Navoiy davlat pedagogika institutining 19 ta bakalavriatura ta’lim yo`nalishlari va 16 ta magistratura mutaxassisliklari uchun tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi va ushbu ta’lim yo`nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklarini doimiy ravishda o`quv rejalar, fan dasturlari, o`quv va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlanishida amaliy yordam berib kelmoqda.

       

 NavDPIning kafedra mudirlari va bo`lim boshliqlari TDPU tayanch bo`lgan kafedralar Kengashining qo`shma yig`ilishlarida har yili doimiy ravishda ishtirok etib, o`quv rejalar va fan daturlarining loyihalarini tayyorlanishi o`z takliflarini bildirib, o`quv jarayoniga oid zarur me’yoriy hujjatlarni birgalikda tayyorlab kelmoqdalar. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3151-sonli qarori, respublikaning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha ustuvor vazifalariga muvofiq kadrlar tayyorlashning mazmunini takomillashtirish, xalqaro standartlar darajasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti va NavDPI o`rtasida 2019-yil 11 oktyabrda № TA-4-sonli hamkorlik shartnomasi imzolangan.  Ushbu shartnomaga  muvofiq, 2019-2020 o`quv yilining bahorgi semestrida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2 nafar talabasi (Tarix o`qitish metodikasi ta’lim yo`nalishi 3-kurs talabasi Mamatov Ismat Ilhom o`g`li hamda Milliy g`oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi ta’lim yo`nalishi 2-kurs talabasi Mirzayev Umidjon Xotam o`g`li) talaba almashinuvi dasturi bo`yicha bir semestr davomida Navoiy davlat pedagogika institutida tahsil oldi. Shuningdek, har yili NavDPI 24 ta kafedralarining mutaxassislik fanlaridan dars beruvchi professor-o`qituvchilari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining malaka oshirish va qayta tayyorlash tarmoq markazida doimiy ravishda o`z malakalarini oshirib kelmoqda. 2021 yil uchun byudjet mablag`lari hisobidan tayanch doktoranturaga 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo`yicha) ixtisosligi bo`yicha TDPU da NavDPI uchun 1 nafar maqsadli tayanch doktoranturaga kvota belgilandi.

Bugungi kunda institutimizning jami 8 nafar tadqiqotchilariga TDPU professorlari, jumladan,  4 nafariga  p.f.d., prof. Sh.Abdullayeva, 2 nafariga f.-m.f.d., prof. K.Nasriddinov,  1 nafariga f.-m.f.d., prof. M.Djorayev va 1 nafariga p.f.d., prof. M.Toxtaxodjayevalar ilmiy rahbar va ilmiy maslahatchi sifatida biriktirilgan. Navoiy davlat pedagogika institutida 8 ta fakultet va  24 ta kafedra mavjud bo`lib, ularda 500 ga yaqin professor-o`qituvchilar  faoliyat ko`rsatadi. Institutda 19 ta bakalavriatura ta’lim yo`nalishlari, 17 ta magistratura mutaxassisliklari va 16 ta doktorantura ixtisosliklari bo`yicha ta’lim olib borilmoqda.Prezidentimiz tomonidan yoshlarni bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish maqsadida tashkil etilgan 5 tashabbus bo`yicha 2020 yilda O`zbekiston xotin-qizlar qo`mitasi tomonidan o`tkazilgan “O`zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” III Respublika tanlovida o`z innovatsion loyihasi bilan texnika fanlari doktori Nosirova Shoira Normurodovna, g`olib bo`ldi. 2020-yilda Maktabgacha va boshlang`ich ta’lim fakul’tetining 4 bosqich talabasi Omonboyeva Merey Erali qizi “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti bilan, 4 nafar talabalarimiz “Mehr-saxovat” ko`krak nishoni taqdirlandi. Oliy ta’lim muassasalari talabalari o`rtasida o`tkazilgan Respublika fan olimpiadasida institutning 24 nafar talabasi g`oliblikni qo`lga kiritdi.Navoiy DPI da 2020 yilda 5 ta xalqaro va 6 ta respublika miqyosidagi konferensiyalar hamda M.Auvezov nomidagi Janubiy Qozog`iston davlat universiteti bilan 1 ta xalqaro fan olimpiadasi tashkil qilinib o`tkazildi. 

 Institutda 2020-yilda ikkita davriy ilmiy nashrlar “NavDPI ilmiy axborotnomasi” va “Elektron ta’lim” jurnallari tashkil qilindi. Navoiy davlat pedagogika institutida 2020- yildan boshlab, xalqaro hamkorlik bo`yicha ham ilmiy-tadqiqot va o`quv-metodik ishlarni jadallashtirishga erishildi. Institutda Yevropa ittifoqining Erazmus+ dasturi va Britaniya Kengashining grant loyihalari asosida tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, xorijiy yetakchi oliy ta’lim muassasalarining tajribalari va salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida Rossiya Federatsiyasi, AQSH, Yevropa va Osiyo davlatlarining oliy ta’lim muassasalari bilan o`zaro hamkorlik shartnomalari imzolandi. Imzolangan hamkorlik shatnomalari asosida muntazam ravishda onlayn ma’ruza mashg`ulotlari va konferensiyalar, seminar-treninglar o`tkazilib kelinmoqda. Jumladan, Yaponiyaning Xokkaydo texnika universiteti, Kanadaning Duglas kolleji, Belarus respublikasining Polotsk davlat universiteti va Mozыr davlat pedagogika universitetlari olimlari institutga tashrif buyurib, bevosita o`quv mashg`ulotlarini olib bordilar. Hozirgi kunda hamkorlar bilan pandemiya tufayli iqtisodiy samarador bo`lgan onlayn tarzda o`quv mashg`ulotlari tashkil qilingan.Institutimizning 10 ga yaqin yosh tadqiqotchilari Rossiya, Angliya, Janubiy Koreya, Xitoy kabi davlatlarda joylashgan yetakchi oliy ta’lim muassasalariga maqsadli doktorantura va magistraturaga yuborildi. Belarus respublikasining Polotsk davlat universiteti bilan hamkorlikda 2020-2021 o`quv yili uchun qo`shma ta’lim dasturi asosida 2 ta ta’lim yo`nalishi bo`yicha kadrlar tayyorlash yo`lga qo`yildi. Hali bu borada amalga oshiriladigan ishlarimiz juda ko`p va bu borada tayanch universitet TDPU va uning rektori, xalqaro oliy ta’lim tajribasiga ega bo`lgan  Alisher Yusubjanovichning tajribalariga tayanamiz albatta.