loader image
All for Joomla All for Webmasters
uz| Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
uz| Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

Delegatsiya a’zolarini ta’lim maskanlarida bo`lishdi

   Joriy yilning 14 oktyabr kuni Nizomiy nomidagi  Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori  A.Umarov boshchiligida delegatsiya a’zolari bilan Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi. Delegatsiya a’zolarini Navoiy davlat pedagogika instituti rektori B.Sobirov kutib oldi.

 Dastlab, Navoiy viloyat hokimi o`rinbosari Ya.Dushanov hamda Navoiy viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig`i N.Ulug`berdiyevlar,  mehmonlarni  Navoiy shahridagi «Qorako`l» maktab- internati bilan tanishtirishdi.  Ushbu maktab-internati viloyatlar  orasida birinchi bo`lib Navoiy shahrida  ochilgani alohida  e’tirof etildi. TDPU delegatsiyasi, maktabda   dars jarayonlari olib borilayotgan auditoriyalarga kirib, o`quvchilar bilan suhbat o`tkazdi.

      

Maktab-internatda o`quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar mehmonlarda katta taasurot qoldirdi.

     

Shuningdek, Navoiy shahrida yangi ochilgan Beruniy nomidagi xususiy maktab  faoliyati, o`quvchilar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar bilan tanishib,  dars jarayonlarida  bevosita ishtirok etishdi.  O`quvchilar bilan suhbatlashildi. «Har bir o`qitiladigan fan bo`yicha xonalar alohida jihozlanganligi kishini xursand qiladi»-  dedi  TDPU rektor A.Umarov.