loader image
All for Joomla All for Webmasters
uz| Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
uz| Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

Navoiy davlat pedagogika institutida ham 1-kurs talabalari uchun darslar boshlandi.

  Navoiy davlat pedagogika institutida ham 1-kursga talabalikka tavsiya etilganlar uchun tanishuv darslari boshlandi. Tanishuv darslari belgilangan dars jadvallari asosida tashkil etilib, karantin qoidalariga to`liq amal qilgan holda institutning 8 ta fakultetida tanishuv dars jarayonlari bo`lib o`tmoqda.  Barcha yo`nalishlar uchun darslar 12 kun davomida to`liq bo`lib o`tadi. Institutda  birinchi kursiga qabul qilingan talabalar soni 4315 nafarni tashkil qiladi. 2020-2021 o`quv yili qabul rejasi bo`yicha 25 ta kunduzgi bakalavriat ta’lim yo`nalishi, 17 ta magistratura mutaxassisliklari, 13 ta sirtqi ta’lim yo`nalishi, 8 ta kechki ta’lim yo`nalishlari bo`lib, jami 3739 nafar talaba 1 kursga tahsil olmoqda. Bundan tashqari, 576 nafar talaba imtiyoz asosida qabul qilinishi rejada belgilangan.  Shuningdek, 16 nafar talaba O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2 martdagi farmoniga muvofiq davlat granti asosida o`qishga qabul qilindi. Shundan, 7 nafar qiz O`zbek tili va adabiyoti fakulteti talabasi bo`lish baxtiga muyassar bo`ldi. Ularga institut rahbariyati  va fakultet  dekanati tomonidan tabriknomalar hamda  esdalik sovg`alari topshirildi.